Nazarboyev: Eski uylarni buzish, yerni esa biznesga berish kerak
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev eski uylarni buzish, yerni esa biznesga berish vazifasini topshirdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.
"Biz arzon uylar haqida gapirmoqdamiz, ularni odamlar mulkiga o‘tishi uchun qurmoqdamiz. Odamlar esa eski uylarda yashashda davom etmoqda, yangisini esa ijaraga berishmoqda, bu pul topish uchun kerak bo‘lyapti. Balki, bu qaysidir jihatdan to‘g‘ridir… Biz eski uylarni buzishimiz kerak", - degan Nazarboyev hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalada davlat-xususiy sherikchilik tartibini qo‘llash lozim.
"Masalan, to‘rt qavatli eski uy turibdi, hozir ularning yoshi 60-70 yilga teng. Eski uylarni buzish kerak, yerni esa biznesga berish lozim. Bu foydali. Biznesga foyda bor. Odatda bu shahar markazidagi yaxshi yerdir. Bu shahar qiyofasini ham o‘zgartiradi. Bundan tashqari, xalqqa yaxshi uyga ko‘chish imkonini beradi, bu sog‘liq, xalqning o‘zini his qilishi masalasi", - deya e'tibor qaratgan Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev «davlat va xalq pullari katta miqdorda o‘g‘irlanishiga» qachon chek qo‘yilishi borasida savolni o‘rtaga tashlagandi.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024