O‘zbekiston | 12:35 / 09.02.2018
22209
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Yunusobodda metro qurilishi jarayoni bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezident Yunusobod tumanida bo‘lib, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishini borib ko‘rgan.

Metroning tonneli asosini yaratish maqsadida 305 metrda beton ishlari bajarilgan va 330 ta yig‘ma temir-beton konstruksiyalari o‘rnatilgan. Qurilishga 200 dan ortiq ishchi va muhandis jalb etilgan. Germaniya va Xitoydan zamonaviy texnika va mexanizmlar keltirilgan. Uzunligi 2,9 kilometrni tashkil etadigan ushbu yo‘nalishni 2019 yilda foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Davlat rahbari qurilish ishlarini ko‘zdan kechirgan.

«Barcha sa'y-harakatlardan maqsad odamlarga qulaylik yaratish. Metropoliten va avtobuslar hamohangligini ta'minlash, bekatlarda yo‘lovchilar to‘planishini va harakatini monitoring qilish, tahlillar asosida yo‘nalishlarni optimallashtirish, bu bo‘yicha har kuni ish olib borish zarur. Yo‘lovchilarni ko‘paytirish hisobidan yo‘l kirani arzonlashtirish choralarini ko‘rish kerak», degan Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda poytaxtda qurilayotgan yer usti metrosi bo‘yicha axborot berilgan. Prezident ushbu metro qurilishini takomillashtirish, ilm asosida materiallar vaznini yengillashtirish, metro yo‘li ostidagi hududni obodonlashtirish, qo‘shimcha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan.

Mavzuga oid