Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp prezidentligi davrida AQSh davlat qarzi 544 mlrd dollarga ko‘paydi
Foto: AP
Donald Trampning prezidentlik davrida Qo‘shma Shtatlar davlat qarzi 544 milliard dollarga ko‘paydi - 2017 yilning yanvar oyi oxiridan beri. Bu haqda CBS telekanali payshanba kuni xabar qildi.
U bundan oldin AQSh Kongressida respublikachilar va demokratlar o‘rtasida ikki yillik davrga mo‘ljallangan federal hukumat byudjyeti bo‘yicha erishilgan kelishuvni tahlil qildi. U, xususan, 2019 yilning mart oyigacha hisob-kitob qilish orqali mablag‘larni jalb qilish jarayonini qayta tiklashni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga, telekanalning ta'kidlashicha, gap davlat qarzining chegarasini ma'lum darajaga ko‘tarish haqida ketmayapti. Qonun loyihasi qarz limitini oshirmaydi, uni 2019 yil 1 martgacha to‘xtatadi, bu esa byudjyetni moliyalashtirishni kamaytirish uchun kart-blansh beradi, deya aniqlik kiritdi CBS.
2017 yilning 11 dekabridan davlat qarzi limiti 20,456 trillion dollarlik darajada muzlatilgan. Biroq, telekanalning bildirishicha, hozirgi kunda davlat qarzi 20,494 trln dollarga teng. CBS'ning aniqlik kiritishicha, davlat qarzi limiti ma'lum bir qarzdorlik turlariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Oq uy qonun chiqaruvchilarning kelishuvini qo‘llab-quvvatlaydi, u mamlakat defoltiga to‘sqinlik qiladi.
Mavzuga oid
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
09:21 / 31.12.2025
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
18:03 / 30.12.2025
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi
08:51 / 30.12.2025