O‘quv jarayonlariga "yashil texnologiyalar" tatbiq etilmoqda
7-8 fevral kunlari Toshkent shahrida "Professional-texnik ta'limda innovatsion qarorlar: Samsung innovatsion akademiyasi II fazasini yo‘lga qo‘yish tajribasi" mavzuidagi anjuman, shuningdek Toshkentning ixtisoslashgan kollejlari uchun demo-tur va treninglar bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) va Toshkent axborot texnologiyalari professional kolleji bo‘ldi.
"Samsung innovatsion servis akademiyasi" strategik ijtimoiy loyihasi kollej o‘quvchilariga qo‘shimcha ta'lim imkonini taqdim etish, yoshlarni ish bilan ta'minlash muammolarini hal qilishga yordam berish va mamlakatdagi xizmatlar ko‘rsatish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga doir yangi standartlarni ilgari surishga yo‘naltirilgan. MOMEM va O‘zbekiston ekologiya harakati loyiha doirasida o‘qituvchi va o‘quvchilarning "yashil" texnologiyalar, energiya samaradorligi, resurslarni tejash va ekologik yondashuvlar haqidagi xabardorligini oshiradi.
"Samsung innovatsion servis akademiyasi" loyihasining ikkinchi fazasini amalga oshirish ishlari 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan.
"Mamlakatimiz uchun noyob bo‘lgan bu ta'lim loyihasi natijalari 2018 yilda - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"ga to‘g‘ri kelishi ramziy ma'noga egadir, - deydi MOMEMning O‘zbekistondagi filiali direktori Shahnoza Umarova. - Samsung innovatsion akademiyasi 2015 yilda bevosita Toshkent shahri axborot texnologiyalari professional kolleji bazasida tashkil qilingan.
Loyiha innovatsiyalar va "yashil" ko‘nikmalar rivojiga yo‘nalgan yangi bitiruvchilar avlodini tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shadi. Zero texnika ta'miri uning "hayoti"ni uzaytiradi, tabiiy resurslarning ortiqcha iste'moli oldini oladi va atrof-muhitga ta'sir darajasini kamaytiradi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston bilan bir qatorda Qozog‘istonda ham amalga oshirilmoqda, bu esa o‘rta-maxsus va professional texnik ta'lim sohasida tajriba almashish imkonini beradi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
20:52 / 04.10.2024
Saida Mirziyoyeva Kreativ iqtisodiyot anjumani hamkorlariga minnatdorlik bildirdi
21:57 / 26.09.2024