O‘zbekiston | 16:38 / 09.02.2018
10706
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zstandart» «Halol» standarti bo‘yicha sertifikatlashni joriy etmoqda

Foto: O‘zstandart

«O‘zstandart» agentligi «Halol» oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha umumiy qo‘llanma O’z DSt  3286:2018 davlat standartini amalga kiritdi. Yaqin kunlarda Mahsulotni sertifikatlash bo‘yicha organlar uchun tegishli Qo‘llanma chiqariladi.

«Halol» standartlari mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va markirovka qilish jarayonlariga Islom qonunlariga binoan talablarni belgilaydi. 

Standartlarning joriy etilishi mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga mahsulotlarni sotish bozorini kengaytirish hamda ziyorat turizmini rivojlantirishga yordam beradi.

Mazkur ishlar Xalqaro standartlarni joriy etish va keyinchalik ularni respublikada qo‘llash dasturiga muvofiq amalga oshirilmoqda, deb yozadi norma.uz.

Mavzuga oid