09:48 / 10.02.2018
5580

AQSh vitse-prezidenti mamlakat KXDRdan istalgan usullarda himoyalanishga tayyorligini bildirdi

Foto: NBC

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning ma'lum qilishicha, mamlakat KXDR tajovuzkorligiga istalgan usullarda, shu jumladan harbiy yo‘l bilan javob qaytarishga tayyor. Bu haqda NBC xabar bermoqda.

«Biz iqtisodiy va diplomatik bosim o‘tkazishda davom etish niyatidamiz. Shu bilan birga, ro‘y berayotgan voqealarga harbiy reaksiya bildirish imkoniyati ham chetga surilgani yo‘q», - deya ma'lum qildi u.

Shuningdek Pensning ta'kidlashicha, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mintaqada amerikaliklar ishtirokidagi harbiy mashqlarni Olimpiada tugaguniga qadar kechiktirib turish haqida qaror qabul qilgan.

«Biroq biz shuni aniq bildirmoqchimizki, bizning harbiy kuchlar, Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari, Janubiy Koreyadagi ittifoqchilarimiz, mintaqadagi barcha ittifoqdoshlarimiz mamlakatlarimizni himoya qilishga butunlay tayyordirlar», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vitse-prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Olimpiada-2018 vaqtida AQSh bilan muloqot qilmasligi xabar qilingandi.

 

Top