12:35 / 10.02.2018
11332

Isroil Eron dronini urib tushirdi

Foto: AP

Isroil vertolyoti shanba kuni Eronning uchuvchisiz uchar qurilmasini urib tushirdi. Dron mamlakat havo kengliklariga Suriyadan kirib kelgan. Shuningdek, isroilliklar arab davlatidagi Eron obektlariga zarba berishgan. Bu haqda TASS Isroil Mudofaa armiyasi matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

"Jangovar vertolyot Suriyadan uchirilgan va Isroilga kirib kelgan uchuvchisiz uchar qurilmani muvaffaqiyatni tutib oldi, - deya xabar berishgan harbiylar. – Qurilma havo mudofaasi tizimlari tomonidan eng birinchi bosqichda aniqlandi va tutib olishga qadar kuzatuv ostida bo‘ldi". "Bunga javoban Isroil Mudofaa armiyasi Suriyadagi Eron obektlariga zarbalar berdi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan armiya matbuot xizmatidan.

Armiya xabarida ko‘rsatilishicha, "Golan tepaliklarida ishlab ketgan sirenalar Suriya zenit raketalarining uchirilishi natijasi hisoblanadi".

"Isroil Mudofaa armiyasi Isroil havo kengliklariga kirish bo‘yicha istalgan harakatlarga qarshi chora ko‘radi va Isroil suverenitetini buzishga qaratilgan barcha urinishlarga qat'iy barham beradi", - deya ta'kidlab o‘tgan harbiylar. Matbuot xizmatidan qo‘shimcha qilishlaricha, "hodisa hali o‘z yakuniga yetmadi". 

 

Mavzuga oid
Top