O‘zbekiston Tojikiston bilan temir yo‘lni qayta tiklashga kirishdi
O‘zbekiston «G‘alaba-Amuzang» temir yo‘l tarmog‘ini qayta tiklashga kirishdi, uning yordamida O‘zbekiston temir yo‘llari Tojikiston janubi bilan bog‘lanadi. Ushbu yo‘nalishlarning Tojikiston bilan chegaradosh qismlari 2012 yil boshida olib tashlangan, deb yozmoqda «AP».
«O‘zbek tomoni Tojikistonning Xatlon viloyati tomon yo‘nalgan temir yo‘llarni tiklashga kirishdi. Bu ishlar yaqin kunlarda nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilmoqda», - deya aytib o‘tgan nashrning Tojikiston hukumatidagi manbasi.
Ushbu yo‘l bo‘ylab poyezdlar qatnovi mart oyining birinchi o‘n kuniga qadar boshlanishi kutilmoqda. Bu davrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi rejalashtirilgan.
Kelajakda, manba so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat poytaxti o‘rtasida temir yo‘l yo‘lovchi qatnovlarini ochish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024