Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Eron prezidenti bilan uchrashdi
Foto: mfa.uz
2018 yil 10 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy tomonidan qabul qilindi.
Suhbat chog‘ida vazir Eron Prezidentiga uchrashuv o‘tkazish va O‘zbekiston-Eron muloqotining dolzarb masalalarini muhokama qilish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hasan Ruhoniy va Eron xalqiga samimiy tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Eron prezidentlarining 2017 yil 10 sentabrda Ostona shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai-nazaridan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbatda qator mintaqaviy muammolar, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Afg‘oniston inqirozini siyosiy hal qilish jarayonini boshlash uchun birgalikdagi xalqaro sa'y-harakat muhimligi qayd etildi.
Eron rahbari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga doir O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa siyosiy va iqtisodiy masalalar ham muhokama qilindi.
Komilov Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishi haqida 2018 yil 19 yanvarda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tgandi. Komilovning aytishicha, ushbu konferensiyaga Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Hindiston, Eron, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BMT bosh kotibi taklif qilinadi.
Mavzuga oid
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
18:18 / 17.02.2026
Urush xavfi kuchayayotgan bir paytda AQSh va Eron yadroviy muzokaralari boshlandi
11:25 / 16.02.2026
Tramp: Eronda rejim o‘zgarishi – «ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ishlarning eng yaxshisi»
18:15 / 13.02.2026