Eshli Arnold

Amerikalik talaba Eshli Arnold unga qoniqarsiz baho qo‘ygan Janubiy Nyu-Hepshir Universiteti o‘qituvchisidan shikoyat qildi. Yozuvlarga qaraganda pedagog Avstraliya — nafaqat qit'a, balki mamlakat ham ekanini tan olishdan bosh tortgan. 

27 yoshli Arnold farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanadi va shu bois uning o‘qishi masofadan olib borilib, universitet onlayn-kurslarida o‘tadi. U ijtimoiy yo‘nalishda tahsil oladi. Eshli oxirgi kurs uchun deyarli 1000 dollar pul to‘lagan.

So‘nggi loyiha sifatida talabalarga AQShdagi va boshqa mamlakatdagi ijtimoiy normalarni taqqoslash taklif etilgan. Eshli Avstraliyani tanladi va ijtimoiy mediaga diqqatni qaratdi. Talaba tadqiqot loyihasini topshirdi va 1 fevral kuni falsafa fanlari doktori uning ishidagi bir necha punktni nol ballga baholaganidan xabar topdi. Professor "muayyan mamlakat tanlovisiz bu punktlar baholanmasligi"ni qayd etgan.

Foto: Narvikk/Getty Images

"Uning ta'lim va tajriba darajasidagi odamlar Avstraliya — bu mamlakat ekanini bilishi kerak emasmi, axir? Agar u bunga shubha qilsa, nima uchun shunchaki Google'dan qarab ko‘rmaydi?"

Eshli Arnold, talaba

Voqeadan jahli chiqqan Arnold o‘qituvchining elektron pochtasiga Avstraliya — bu mamlakat ekanini tasdiqlovchi professional adabiyotga havola berib, xat yo‘llagan. Biroq doktor o‘z xatosini tan olmagan, faqat loyihani qayta ko‘rib chiqishga rozilik bergan.

"Men loyihani qayta ko‘rib chiqishimdan avval siz har qanday xato barchasini yo‘qqa chiqarishi mumkinligini tushunishingiz kerak. Avstraliya — bu qit'a, u mamlakat emas. Bu xato sizning ikki haftalik ishingizni to‘g‘ri baholash imkonini deyarli yo‘qqa chiqardi".

Foto: Narvikk/Getty Images

O‘qituvchining Eshli Arnoldga javobi

Shundan so‘ng professor "mustaqil tadqiqot" o‘tkazgan va oxir-oqibat uni qayta baholagan — B+, bu baho "to‘rt plyus"ga teng.