AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda AQSh immigratsiya islohotining ustuvor yo‘nalishlarini ma'lum qildi.

“Mening ma'muriyatim xavfsiz, zamonaviy va qonuniy immigratsiya tizimini yaratish uchun uchta asosiy ustuvor yo‘nalishni belgilab oldi: chegaraning to‘liq ta'minlanishi, zanjirli migratsiya to‘xtatilishi va viza lotereyasi bekor qilinishi”, deb yozdi Tramp.

Uning aytishicha, kongress immigratsiya tizimi xavfsizligini ta'minlashi va “amerikaliklarni himoya qilishi” lozim.