08:48 / 12.02.2018
7785

AQSh Shimoliy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi  

Foto: AP Photo / Shakh Aivazov

Vashington Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishni davom ettiradi, biroq u bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor, deb aytdi AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens.

“Maksimal bosim o‘tkazish bo‘yicha kampaniya davom etadi va yanada ham jadalroq bo‘ladi. Agar gaplashmoqchi bo‘lsangiz, biz gaplashamiz”, deb aytgan Pens Washington Post nashriga bergan intervyusida.

Pensdan Pxenyanga undan sanksiyalar olinishi uchun qanday qadamlar qabul qilishi talab qilinishi haqida so‘ralgan. “Bilmayman. Shu sababli ham muzokaralar kerak”, deb aytgan Pens.

AQShning bu boradagi rasmiy pozitsiyasi shundan iboratki, Shimoliy Koreya yadroviy va raketa dasturidan voz kechishi kerak, shundan keyingina Vashington muzokaralarga rozi bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top