Avval xabar berganimizdek, Janubiy Koreyaning Pyongçang şahridagi Olimpiya stadionida 2018 yilgi qişki Olimpiada öyinlariga start berildi. Mazkur xalqaro turnirda özbekistonlik ikki nafar sportçi - Komiljon Töxtayev (toğ çanğisi) va Mişa Ge (figurali uçiş) Özbekiston şarafini himoya qiladi.

Kun.uz tahririyatining Janubiy Koreyadagi muxbiri xabar berişiça, köp yillardan buyon Vatanimiz nomini  köplab nufuzli xalqaro musobaqalarda himoya qilib kelayotgan  figurali uçiş ustasi Mişa Ge Koreyaning Inçxon aeroportida Koreya qöllab-quvvatlaş guruhi a'zolari hamda özbekistonlik fuqarolar tomonidan munosib kutib olindi.

Sportçini tantanali qarşi oliş va qöllab-quvvatlaş uçun nafaqat vatandoşlarimiz, balki boşqa millat vakillari, şuningdek, jajji  muxlislar taşrif buyurişdi.

Kutib oliş marosimida Özbekiston Davlat madhiyasi jarang soçdi hamda sportçiga sovğalar topşirildi. Şuningdek, Mişa Ge öz muxlislariga minnatdorlik bildirib, dastxatini ulaşdi.

Kun.uz tahririyati Mişa Gega qişki Olimpiada öyinlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Ma'lumot örnida: 16 kun davomida 15 ta sport turi böyiça 102 ta medallar şodasi uçun bahs olib boriladi. Pyongçangdagi Olimpiadada tarixda ilk bor 100 dan köproq medallar şodasi öynaladi. Şuningdek, ilk bor kyorlingda dabl-mikst, snoubordda big-eyr, konkida yugurişda mass-start va çanği sportida aralaş jamoaviy musobaqa taqdim qilinadi.

Öyinlarda umumiy hisobda 92 ta davlatdan 2952 sportçi iştirok etmoqda. Olimpiadada iştirok etuvçi davlatlar va sportçilar qişki Olimpiadalar uçun rekord hisoblanadi. Pyongçangga kelgan eng köp sonli terma jamoa AQŞ böldi. Bu davlatdan Olimpiadaga 242 sportçi keldi va bu ham qişki Olimpiadalar uçun rekord körsatkiç hisoblanadi.

Video muallifi: Gulnoz Bikbayeva