O‘zbekiston | 11:28 / 13.02.2018
8801
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya bilan o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 27 foizga oshgan – Abdulla Aripov

Foto: Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

13 fevral kuni Xalqaro biznes markazda iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha birinchi O‘zbekiston-Koreya yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
  
O‘zbekiston delegatsiyasiga mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov, Koreya tomoniga esa – bosh vazir o‘rinbosari, mamlakat moliya vaziri Kim Dong Yon rahbarlik qilmoqda. 

Abdulla Aripovning ma'lum qilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi 2016 yil bilan taqqoslaganda 27 foizga oshgan.

“Biroq bizning fikrimizcha, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha salohiyatdan to‘la foydalanma olmadik. O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan Koreya Respublikasi investitsiyalari hajmi 5 mlrd AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil etadi. O‘zbekistonda koreyalik hamkorlar bilan avtomobilsozlik, elektr energetika, neft-gaz, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati, axborot texnologiyalari bo‘yicha qator keng ko‘lamli investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Yaqinda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maxsus farmoni bilan Koreya Respublikasi fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi. Bu o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlaydi”, - deya aytib o‘tdi Abdulla Aripov.

O‘zbekiston-Koreya yig‘ilishi davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida Iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasi kreditlariga nisbatan Hadli shartnoma doirasidagi loyihalarni amalga oshirish va 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan davrda rivojlanish masalalarini muhokama qiladilar. Dastur miqdori 500 mln dollarga teng.

Mavzuga oid