2018 yilgi Davlat dasturida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska sohasida bir qator yengilliklar ko‘zda tutilgan. Eng kutilayotgani - pasportida tegishli muhrga ega bo‘lmagan shaxslar uchun ikkilamchi bozorda ko‘chmas mulkni sotib olish imkoniyatidir. Narxlar «osmonga» ko‘tarilib ketadimi va davlat qanday choralar ko‘rishi mumkin? Norma.uz bu haqda maqola e'lon qildi.

Birinchidan, «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskasi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha mavjud talablarni soddalashtirish» rejalashtirilgan. Ya'ni, gap yangi uy sotib olish uchun shart-sharoitlar haqida ketmoqda.

Hozirda talablar quyidagilardir:
 
Yangi qurilgan uy maqomi - foydalanishga topshirilgandan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ega bino, inshoot, turar-joy binosi bilan shartnomalar ruxsat berilgan. Shu bilan birga, ko‘chmas mulkka egalik qilish huquqi tuman (shahar) hokimining qaroriga binoan, tugallangan qurilish loyihasini qabul qilish komissiyasining aktini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori asosida yuzaga keladi. Shartnoma faqat quruvchi bilan tuzilishi mumkin. Quruvchi nazariy jihatdan qurilishning dastlabki bosqichida boshqa shaharlardan bo‘lgan xaridorlardan pul ololmaydi; 
 
ko‘chmas mulkning yuqori darajadagi qiymati - 2500 EKIHlik eng kam kelishuvlar miqdori past narxlarda arzon uy-joy qurilishiga to‘sqinlik qiladi. Ma'muriy taqiqlar tufayli bozor bahosi mexanizmi faqat narx oshish yo‘nalishida ishlaydi;

sotib olishda oshirilgan davlat boji – kelishuv miqdorining 5 foizi qo‘shimcha to‘siq hisoblanadi;
 
3 yil ichida qayta sotilganda oshirilgan davlat boji - 400 EKIH propiska olish uchun spekulyativ operatsiyalarning oldini olib turadi, biroq bozordan mulkni 3 yil muddatga chiqaradi;
 
Hisob-kitob qilishning noqulay shakli – bank orqali pul mablag‘larini kiritish yo‘li bilan. Ushbu to‘lov usuli faqat yuridik shaxslarga to‘lovlar uchun mos keladi. Xususiy uylarni qurish bilan shug‘ullanadigan kamdan-kam jismoniy shaxslar bunday operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan ortiqcha ishlarga rozi bo‘ladi. Natijada, propiska bo‘lmagan odamlar xususiy uylar emas, balki faqat kvartira sotib olishadi.
 
Yuqorida aytib o‘tilganlarni sarhisob qiladigan bo‘lsak, propiskasi bo‘lmagan shaxslar yangi qurilgan binolarda uy-joy sotib olish uchun kamida 2 625 EKIH sarflaydi. Bu 452 million 130 ming so‘m yoki 55 200 AQSh dollaridir.