Sport | 13:40 / 13.02.2018
22879
1 daqiqa o‘qiladi

Neymarning «Real»ga o‘tishi mavzusi hukumat darajasiga ko‘tarildi

Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy fikriga ko‘ra, «Real» klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni qo‘lga kiritishga urinmasligi lozim, chunki Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Garet Beyl hali katta futboldagi so‘nggi so‘zini aytishmagan.

«Neymarning «Real»ga o‘tishi foyda keltiradimi yoki yo‘qmi, bilmadim. Gap shundaki, avvalroq Ronaldu, Benzema va Beyl jamoa uchun foydali futbolchilar deb tan olingandi. Hozir esa, ularning mahoratidan shubha qilishmoqda. Shaxsan men ularga ishonaman. Shunchaki, kelajakni ko‘zlab ish qilish kerak. Men Neymarning «Real»ga o‘tishini istamayman», — deb Raxoyning so‘zlarini keltirmoqda AS.

Mavzuga oid