Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi
Bugun, 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda ishchi tashrifi bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yonni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining rasmiy sayti xabar bermoqda.
Davlat rahbari mehmonni O‘zbekistonga tashrifi bilan chin yurakdan tabriklab, ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning barqaror sur'atlari hamda ikki mamlakat o‘rtasida ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlash tarafdori ekanini ta'kidladi.
Mazkur uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, innovatsiya, bank-moliya va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pyongchangdagi qishki Olimpiada o‘yinlari boshlanishi bilan Koreya Respublikasi rahbariyati va xalqini samimiy qutladi hamda ushbu sport bayramini muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
O‘z navbatida, Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik izhor etib, prezident Mun Chje In nomidan qutlov va ezgu tilaklar bildirdi.
U Koreya Respublikasi fuqarolari uchun viza rejimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror uchun O‘zbekiston rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv yakunida Kim Dong Yong Janubiy Koreya tomonining strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ikki davlat o‘rtasida keng ko‘lamli o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini yana bir bor ta'kidladi.
Mavzuga oid
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024