«Tribuna» bugungi Chempionlar ligasi o‘yinlari anonsini taqdim etadi. Bugun turnir nimchorak finali doirasida «Yuventus» «Tottenhem»ni qabul qiladi, «Manchester Siti» Shveytsariyada «Bazel» mehmoni bo‘ladi. Ikkinchi juftlikda barchasi amalda aniq bo‘lsa, birinchi to‘qnashuvda aniq favorit yo‘q.

«Manchester Siti» bir oyog‘i bilan chorak finalda
1/8 final. Birinchi o‘yin
«Bazel» (Shveytsariya) – «Manchester Siti» (Angliya)
13 fevral. Bazel, «Sankt-Yakob Park» stadioni, 00:45 (Toshkent vaqti bilan)

Ikki o‘yin o‘tkaziladi, ammo bu jamoalar o‘rtasida ayni kunda farq shunchalik kattaki, hech kim shveysariyaliklarda zarracha bo‘lsin imkoniyat borligiga ishonmaydi. «Siti» dekabr-yanvar oylaridagi kichik pasayishdan o‘tib oldi, endi bu kunlarni unutish mumkin. O‘tgan mavsumda qishki inqiroz Xosep Gvardiola jamoasi uchun o‘ta halokatli kelgandi («Chelsi» (1:3), «Lester» (2:4) va «Liverpul»ga (0:1) qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlar. Bu mavsumda esa jamoa bu davrda faqat bir mag‘lubiyat qayd etildi va jamoa YeChL pley-offiga deyarli jarohatlarsiz yetib keldi (faqat Mendi va Delfda jarohat bor, Sane – zaxiradan o‘yinga tushishi mumkin).

O‘tgan shanba kuni «Siti» «Lester»ga qarshi o‘yindagi harakatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, (bu o‘yinda Aguero poker qildi, De Bryuyne 3ta golga pas berdi) «Bazel»ni dahshatli 90 daqiqa kutib turibdi. Shveytsariyaliklar jamoasi avvalgi mavsumlarda «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Yunayted» yoki «Liverpul»ga qarshi o‘yinlarda nimalargadir erishgandir, ammo endi ularda endi keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat deyarli yo‘q. «Bazel» ichki chempionatda ham qoniqarsiz natijalar qayd etmoqda, jamoa oxirgi turda «Lugano»ga yutqazdi va turnir jadvali yetakchisi «Yang Boyz»dan 5 ochko ortda qola boshladi.

Gvardiola «Bazel» maydonida tajribalarini davom ettirishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassis bu ishni xush ko‘radi – premer-ligada esa har bir jamoa jiddiy yondashuvni talab etadi. Shu tufayli u bu istagini britan kuboklarida yoki Chempionlar ligasida bajarishi mumkin. «Sankt-Yakob Park»da Bernardu Silva, Aleksandr Zinchenko, Lyaport va Gabriel Jyezusga imkoniyat berilishini kutish mumkin.