Xorazm viloyati markazi Urganch  shahridagi “ Oxun bobo” jome masjidi o‘tgan asrda qurilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan zamon talablariga mutlaqo javob bermaydigan ahvolga kelib  qolgandi. So‘nggi yillarda Urganch shahrining arxitektura, shaharsozlik jihatdan tamomila qaytadan qurilayotgani jome masjidini ham yangicha, zamonaviy tarzda bunyod etishni talab qilardi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 28 yanvar kuni Xorazm viloyatiga amaliy tashrifi davomida “Oxun bobo” masjidi qurilishining birinchi tamal toshini shaxsan qo‘yib, masjidning ko‘rkam, barcha talab-ehtiyojlarga javob berishini ko‘zlab, fikr-mulohazalar bildirgan edi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

KUN.UZ’ga berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, deyarli bir yil muqaddam boshlangan xayrli ish nihoyasiga yetmoqda. Umumiy maydoni uch yarim gektarni egallagan masjid majmuasida namozxonlar uchun zarur bo‘lgan barcha shart–sharoitlar yaratishni ko‘zda tutib, uch yarim ming kishiga mo‘ljallangan yozgi ayvon, qabulxona, avtoturargoh, tashqi manzaralari yashil maydonlar tashkil qilinyapti.