Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudi çinozlik «Ahmadboy» nomi bilan maşhur bölgan Ahmadjon Tursunboyev işi böyiça yakuniy sud majlislarini ötkazmoqda.

«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, şu yilning 16 fevralida sudlanuvçi Ahmadboy va uning şeriklariga sönggi sözni aytiş imkoni beriladi. 19 fevral kuni esa sud hukmi e'lon qilinadi.

Sud majlislari jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudida (Toşkent şahri, Rustaveli köçasi, 93-uy) bölib ötadi.

«Çinozlik Ahmadboy» nomi ostida xalq örtasida tanilgan moliyaviy piramida asosçisi Ahmadjon Tursunboyev 2016 yil iyun oyi örtalarida huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olingan edi. 

Öşanda ÖzMTRKning bir neça telekanallarida Ahmadboyning faoliyatiga bağişlangan «Ahmad vasvasasi» nomi ostida hujjatli film efirga uzatilgan, körsatuvda aşyoviy dalil sifatida olingan mablağlar 13 mlrd. 139 mln. söm va 12 mln. AQŞ dollari namoyiş etilgandi.
 
U va şeriklari Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 3-qismi «a» va «b» bandi (valyuta qimmatliklarini noqonuniy yöl bilan oliş yoki sotiş), 188-moddasi (davlat röyxatidan ötmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib, juda katta miqdorda nazoratsiz daromad köriş), 189-moddasi (Savdo qiliş yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 190-moddasi 2-qismi «a» va «v» (Lisenziyasiz faoliyat bilan şuğullaniş) bandlarida közda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.

Dastlabki sud majlislari 2017 yilning avgustida bölib ötgandi.