21:37 / 20.02.2018
8169

Pyongchang-2018: Bugun o‘ynalgan barcha medallar

Foto: Reuters

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarida navbatdagi kun bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Bu safar beshta yo‘nalishda medallar o‘ynaldi.

Biatlon bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi aralash estafetada Marten Furkad Fransiya termasi jamoasiga oltin medalni olib berdi. Natijada fransuz sportchisi beshinchi marta Olimpiada chempioni bo‘lish bilan birga jamoadoshlari Doren Aber, Simon Destyo, Anais Beskonlarga ham oltin medalni qo‘lga kiritishida yordam berdi.

Shuningdek Kanada terma jamoasi hisobiga yana ikkita oltin medal qo‘shilgan bo‘lsa, Germaniya va Janubiy Koreya terma jamoasi vakillari ham oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
20 fevral kuni o‘ynalgan barcha medallar

Figurali uchish
Muz ustida raqs
1. Tessa Virtyu – Skott Moir (Kanada) 
2. Gabriela Papadakis – Giyom Sizeron (Fransiya)
3. Mayya Shibutani – Aleks Shibutani (AQSh)

Fristayl 
Haf-payp
Ayollar
1. Kessi Sharp (Kanada)
2. Mari Martino (Fransiya)
3. Brita Sigorni (AQSh)

Biatlon
Aralash estafeta
1. Fransiya
2. Norvegiya
3. Italiya

Short-trek
Estafeta, 3000 m
Ayollar
1. Janubiy Koreya
2. Italiya
3. Niderlandiya

Chang‘ida
Katta tramplin, 10 km masofaga poyga
Erkaklar
1. Yohannes Ridzek (Germaniya)
2. Fabian Rissle (Germaniya)
3. Erik Frentsel (Germaniya)

Umumjamoa hisobidagi medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)

1. Norvegiya – 11-10-8 (29)
2. Germaniya – 11-7-5 (23)
3. Kanada – 8-5-6 (19)
4. Niderlandiya – 6-5-3 (14)
5. Fransiya – 5-4-4 (13)
6. AQSh – 5-3-4 (11)
7. Shvetsiya – 4-3-0 (7)
8. Avstriya – 4-2-4 (10)
9. Janubiy Koreya – 4-2-2 (8)
10. Yaponiya – 2-5-3 (10)

Mavzu
Qishki Olimpiada

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida Qishki Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 9 fevral kuni boshlangan sport bayrami 25 fevralga qadar davom etadi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top