20:15 / 22.02.2018
9437

Pyongchang-2018. Sensatsiyalarga boy kunda o‘ynalgan medallar

Foto: TACC

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarida 22 fevral tarixiy kun sifatida qoladigan bo‘ldi. 10ta medallar jamlanmasi o‘ynalgan musobaqada bir qator katta sensatsiyalar qayd etildi.

Biatlon bo‘yicha ilk marta Belarus terma jamoasi estafeta bosh sovrinini qo‘lga kiritgan, bo‘lsa Vengriya terma jamoasi olimpiadadagi ilk medalini qo‘lga kiritdi. Kiritganda ham jamoa short-trek estafetasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin medallar bilan taqdirlandi. 

Janubiy Koreya gegemonligida o‘tib kelgan short-trek 500 metrga sprintda Xitoy vakili oltin medalni qo‘lga kiritib, yana bir sensatsiyaga sabab bo‘ldi. 

Shuningdek hokkey bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi finalda AQSh Kanadani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Chang‘i ikki kurashida Germaniyaga, short-trek 1000 metr masofaga Niderlandiya vakiliga teng keladigan sportchi topilmadi.

Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
22 fevral kuni o‘ynalgan barcha medallar

Snoubord 
Big-eyr
Ayollar

1. Anna Gasser (Avstriya)
2. Jyeymi Anderson (AQSh)
3. Zoui Sadovski Sinnott (Yangi Zelandiya)

Fristayl
Haf-payp
Erkaklar

1. Devid Uayz (AQSh)
2. Aleks Ferreyra (AQSh)
3. Niko Porteus (Yangi Zelandiya)

Hokkey
Ayollar

1. AQSh
2. Kanada
3. Finlyandiya

Tog‘ chang‘isi
Slalom
Erkaklar

1. Andre Mirer (Shvetsiya)
2. Ramon Zenxauzern (Shveytsariya)
3. Mixael Matt (Avstriya)

Superkombinatsiya
Ayollar

1. Mishel Gisin (Shveytsariya)
2. Mikaela Shiffrin (AQSh)
3. Vendi Holdener (Shveytsariya)

Chang‘i ikkikurashi
Estafeta
Katta tramplin va 4 hamda 5 km masofaga poyga
Erkaklar

1. Germaniya
2. Norvegiya
3. Avstriya

Biatlon
Estafeta
Ayollar

1. Belarus
2. Shvetsiya
3. Fransiya

Short-trek
500 metr
Erkaklar

1. U Datszin (Xitoy)
2. Hvan De Heng (Janubiy Koreya)
3. Lim Xe Chun (Janubiy Koreya)

1000 m
Ayollar

1. Syuzanne Sxyulting (Niderlandiya) 
2. Kim Buten (Kanada)
3. Arianna Fontana (Italiya) 

Estafeta, 5000 metr
Erkaklar

1. Vengriya
2. Xitoy
3. Kanada

Umumjamoa hisobida medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)

1. Norvegiya – 13-12-10 (35)
2. Germaniya – 13-7-5 (25)
3. Kanada – 9-7-8 (24)
4. AQSh – 8-7-6 (21)
5. Niderlandiya – 7-6-4 (17)
6. Shvetsiya – 5-4-0 (9)
7. Fransiya – 5-4-6 (15)
8. Avstriya – 5-2-6 (13)
9. Janubiy Koreya – 4-4-3 (11)
10. Shveytsariya – 3-6-2 (11)

Mavzu
Qishki Olimpiada

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida Qishki Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 9 fevral kuni boshlangan sport bayrami 25 fevralga qadar davom etadi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top