20:53 / 24.02.2018
52500

Suv ichishga chalg‘igan darvozabon gol o‘tkazib yubordi

Foto: Skrinshot

Bundesliga 2 vakili «Duysburg» klubining darvozaboni Mark Flekken «Ingolshtadt»ga (2:1) qarshi o‘yinda sharmanda bo‘ldi.

Posbon o‘yin paytida suv ichishga qaror qildi va raqibning tezkor hujumini payqamay qoldi.

Natijada «Ingolshtadt» hujumchisi Shtefan Kuchke boqibeg‘am Flekken turgan darvozani osonlikcha ishg‘ol qildi. 


 

Mavzuga oid
Top