16:42 / 12.03.2018
9093

Bugun Namanganda Qur'on musobaqasi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Bugun Namangan shahridagi Nurobod dahasida joylashgan “Imom A'zam” jome masjidida qori yigitlar o‘rtasidagi va Namangan shahridagi “Shodiyona” koshonasida qoriya ayol-qizlar o‘rtasida Qur'on musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu musobaqada respublika bosqichiga chiqish uchun tuman bosqichlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 16 nafar qori, 11 nafar qoriya jami bo‘lib 27 kishi harakat qiladi.

Shuningdek, ushbu viloyatdagi “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari ham respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun o‘zaro musobaqada bellashadilar. 

Top