Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, turk qo‘shinlari Suriyaning Afriniga 14 mart, chorshanba kuni kechki paytga qadar kirishidan umid qilmoqda. Bu haqda u Anqaradagi chiqishi vaqtida xabar berdi.
«Afrinda 3 444 terrorchi neytral holatga keltirildi. Men Afringa juda yaqin kelishimizni xohlayman. Umid qilamanki, Afrin kechki paytga kelib «qulaydi», - deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi Habertürk.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyadagi Afrin markazi o‘rab olingani, Turkiya qo‘shinlari u yerga istalgan paytda kirishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.