10:10 / 16.03.2018
23908

Dunyodagi yashash uchun eng arzon va eng qimmat shaharlar ma'lum qilindi 

Foto: RIA Novosti/Mixail Alayeddin

Britaniyaning The Economist Intelligence Unit nashri mutaxassislari sayyoramizdagi yashash uchun eng arzon shaharlar reytingini tuzishdi. Reytingda Suriya poytaxti Damashq yetakchilik qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, reytingda hammasi bo‘lib 133 ta shahar nomi bor. Eng arzon shaharlar yetakchi beshtaligida Damashqdan keyingi o‘rinlarni Karakas (Venesuela), Olmaota (Qozog‘iston), Lagos (Nigeriya) va Bangalor (Hindiston) egallagan.

Eng qimmat shahar sifatida Singapur e'tirof etilgan. Uning ortidan Parij (Fransiya), Tsyurix (Shveytsariya), Hongkong (Xitoy) va Oslo (Norvegiya) kelmoqda.

Top