17:09 / 16.03.2018
10747

Voronejda o‘zbekistonlik yigit bir kilogramm geroin bilan ushlandi

Foto: CA News

Voronejda O‘zbekiston Respublikasidan bo‘lgan 24 yoshli yigit sud qilinadi. U o‘ta katta miqdorda giyohvand moddani o‘tkazishga uringan, tintuv chog‘ida undan bir kilogrammdan ortiq geroin topilgan.

Voronej oblasti prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yigit Voronejga 2017 yilning iyunida kelgan. U O‘zbekistonda o‘z restoranini ochmoqchi bo‘lgan, biroq kerakli pulni ishlab topa olmagan. Shu sababdan O‘zbekiston fuqarosi geroin sotish bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh a'zosiga aylangan.

Yigit katta miqdorda narkotiklarni olib, ularni o‘ramlarga joylashtirgan va ma'lum bir joylarga yashirib chiqqan. Aftidan, u Voronejda geroinni o‘tkazish bo‘yicha yirik tarmoqni tashkil etmoqchi bo‘lgan, sababi tintuv paytida undan bir kilogrammdan ortiq giyohvand modda topildi.

Ayni damda ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish sudga yuborilgan. O‘zbekistonlik yigit 20 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top