09:57 / 17.03.2018
8429

Samolyot bortda topilgan it tufayli favqulodda qo‘ndi

Foto: abcnews

AQShda United Airlines aviakompaniyasi samolyoti bortda topilgan it tufayli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda ABC xabar bermoqda.

Hayvon Nyuarkdan Sent-Luisga parvoz davomida topilgan. Aviakompaniyadan xabar berishlaricha, it samolyotga «xato tufayli» yuklangan.

Keyinchalik u Ohayo shtati, Akron shahridagi o‘z egalariga eson-omon holda yetkazildi.

Reysdagi barcha yo‘lovchilarga tovon puli to‘lab berilishiga va'da qilindi.

Mavzuga oid
Top