Yomon “ijtimoiy reyting”ga ega xitoyliklar samolyot va poyezdlarga qo‘yilmaydi
Xitoyda 2018 yil may oyidan boshlab “ijtimoiy reyting” (social credit) tajribaviy tizimida past reytingga ega fuqarolar bir yilga samolyot va poyezdlarga chipta xarid qilish imkoniyatdan mahrum etilishlari mumkin. Bu haqda Rivojlanish va islohotlar milliy komissiyasi bayonotlarida ma'lum qilindi.
Cheklovlar birinchi navbatda “terrorchilik haqida yolg‘on axborot tarqatgan”, reyslarda muammolar hosil qilgan, muddati o‘tgan chiptalardan foydalangan yoki poyezdlarda chekayotgan vaqtda ushlangan odamlarga qaratiladi.
“Xitoyning “ijtimoiy reyting” tizimi odamlarni jinoiy xatti-harakat yoki moliyaviy firibgarlik kabilar asosida baholaydi, biroq, shuningdek, odamlar nima xarid qilayotgani, nimalar gapirayotgani va qilayotgani ham hisobga olinadi. Bular asosida xitoyliklarga ularning imkoniyatlariga ta'sir qiluvchi baholar beriladi. Past reyting olganlar cheklovlar va jarimalarga tortiladilar.
Hozircha ushbu tizim 7 million kishini qamrab olgan, biroq 2020 yilgacha Xitoy hukumati bu tizimni butun mamlakatga qo‘llashni rejalashtirmoqda. Huquqni himoya qilish tashkilotlarining fikricha, “ijtimoiy reyting” fuqarolar erkinliklarini cheklaydi va xitoyliklar huquqlarini tartibga solishning noshaffof usuli hisoblanadi.
2017 yilda Xitoy hukumati katta miqdorda qarzga ega odamlarni sayohat qilish imkonidan mahrum qilgandi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
01:14 / 07.12.2024