10:57 / 26.03.2018
14567

Toshkentdagi TRIBlarda bepul WI-FI tarmoqlari paydo bo‘ldi

Toshkent shahridagi yangidan tashkil etilgan va amaldagi tumanlararo ro‘yxatdan o‘tish va imtihon olish bo‘limlarida bepul internet tarmog‘iga ulandi. IIV rahbari o‘rinbosari, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev Yakkasaroy tumani IIBda bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma'lum qildi. 

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev

Ro‘yxatdan o‘tkazish, haydovchilik guvohnomalarini olish, almashtirish kabi jarayonlarda qo‘shimcha qulayliklarni barpo etish maqsadida shunday chora ko‘rilgan. Bundan tashqari, barcha bo‘limlarda fuqarolarga tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida qo‘shimcha darchalar o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Toshkent shahrida 5ta tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlari mavjud. ShIIBB YHXB bosh imtihon olish markazi hamda barcha bo‘limlar dushanba kunlari ham faoliyat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi. 

Top