11:18 / 30.03.2018
6859

O‘zbekistonda sudlarni videokonferentsaloqa rejimida o‘tkazishga ruxsat berildi

Foto: Senat.uz

O‘zbekistonda sudlarni videokonferentsaloqa rejimida o‘tkazilishiga ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Senat payshanba kungi yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ma'qulladi. Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Endilikda, jinoyat ishlarini oshkora ko‘rish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra audio- va videoyozuvga olishdan foydalangan holda hamda videokonferentsaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. 

Shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e'lon qilinishi mumkin. 

Bundan yopiq sud majlislarida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud qarorlari mustasnodir.

Top