18:52 / 31.03.2018
11078

APL. «Liverpul» irodali g‘alabaga erishdi

Foto: Liverpool FC

Angliya Premer-ligasida 32-tur o‘yinlari boshlandi.

«Liverpul» safarda «Kristal Pelas» bilan bellashdi. 13-daqiqada mezbonlar Milivoyevichning penaltidan urgan golidan so‘ng, hisobni ochishdi.

«Liverpul» ikkinchi bo‘limda uyg‘ondi. 49-daqiqada Sado Mane hisobni tenglashtirdi. O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida Muhammad Saloh jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.

Bu natijadan so‘ng, «Liverpul» 66 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. «Kristal Pelas» 30 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.

APL, 32-tur
Kristal Pelas – Liverpul 1:2 (1:0, 0:2)

31 mart, «Selxerst Park» stadioni
Gollar: 1:0 – 13, penalti Milivoyevich, 1:1 – 49 Mane, 1:2 – 84 Saloh. 
Kristal Pelas – Xennessi, Sako, Kelli, van Anxolt, Uan-Bissaka (Fosu-Mensa, 88), Kabay (Loftus-Chik, 73), Milivoyevich, Taunsend, Makartur, Zaa, Benteke.
Liverpul – Karius, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Milner, Saloh, Veynaldum (Lallana, 65; Lovren, 70), Mane (Oksleyd-Chemberlen, 64), Xenderson.
Ogohlantirishlar: Karius (12), Mane (24), Benteke (38), Makartur (45).

Top