03:10 / 01.04.2018
31542

Povetkin 2 metrli britaniyalik bokschini nokautga uchratdi

Foto: Reuters

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin Kardiffda kechayotgan boks oqshomida angliyalik Devid Praysni mag‘lub etdi. 

3-raundda Povetkin dastlab raqibini nokdaun holatiga tushirdi, so‘ngra o‘zi ham nokdaunga uchradi. 

5-raundda Prays Povetkin tomonidan yo‘llangan kuchli zarbadan so‘ng nokautga uchradi. 

Shu tariqa, Povetkin professional boksdagi 35-jangida 34-g‘alabasiga erishdi. 

Bo‘yi 203 sm bo‘lgan 34 yoshli Prays esa, faoliyatidagi 5 mag‘lubiyatiga uchradi, bokschi ularning barchasida nokaut bilan yengilgan. 

Mavzuga oid
Top