BAA Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkilotiga Qatar ustidan arz qildi
BAA Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkilotiga Qatar qiruvchi samolyotlari bilan bog‘liq voqealar yuzasidan rasman arz qildi. Bu haqda Gulf News nashri xabar bermoqda.
BAAning fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Saif Muhammad al-Suvaydiyning aytishicha, BAA xalqaro tashkilotga Chikago konvensiyasining 54-moddasiga ko‘ra “batafsil arz” yo‘llagan.
Avval boshqarma ma'lum qilganidek, o‘tgan haftada Qatar qiruvchi samolyotlari BAAning yo‘lovchi samolyotlariga xavfli masofaga yaqinlashgan. Bundan avval shunga o‘xshash voqea yanvarda yuz bergan. Qatar o‘shanda ayblovlarni rad etgan.
“Qatarning BAA yo‘lovchi samolyotlariga qarshi tajovuzkor harakatlari fuqarolik aviatsiyasini tartibga soluvchi xalqaro paktlar va konvensiyalarning ataylab buzilishi deb qaraladi va fuqarolik aviatsiyasiga xavf soladi. BAA bunday harakatlarni qoralaydi”, deb aytgan al-Suvaydiy.
Mavzuga oid
13:18 / 08.01.2025
BAA Isroil va AQSh bilan G‘azo sektoridagi boshqaruvni muhokama qildi
19:27 / 07.01.2025
Turkiya va Qatar Suriyaga ikkita suzuvchi elektr stansiya yuboradi
22:42 / 04.01.2025
SpaceX BAAga tegishli sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
00:00 / 02.01.2025