12:01 / 05.04.2018
3787

Serra-Leonedagi prezident saylovlarida iste'fodagi general g‘olib bo‘ldi

Foto: AFP 2018 / Saidu Bah

Serra-Leone Xalq partiyasi yetakchisi Julius Maada Bio o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarining 2-bosqichida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning milliy saylov komissiyasi ma'lum qildi.

“Milliy saylov komissiyasi raisi Julius Maada Bioni Serra-Leone prezidenti deb e'lon qildi”, deb aytilgan komissiyaning tvitterdagi akkauntida.

Saylov natijalariga ko‘ra, hukmron partiya “Umumxalq kongressi” nomzodi Samura Kamara 2-bosqichda 48,1 foiz ovoz, Maada Bio esa 51,8 foiz ovoz to‘plagan. Ma'lum qilinishicha, yangi prezident yaqin orada qasamyod qabul qiladi.

Maada Bio 2012 yildagi avvalgi saylovlarda ham ishtirok etgan. O‘shanda “Umumxalq kongressi” nomzodi Ernest Bay Koroma g‘alaba qozongandi. Koroma mamlakat prezidenti lavozimini 2007 yildan beri egallab kelgan. Ayni vaqtda iste'fodagi general Maada Bio ham 1996 yilda 3 oy davomida mamlakatni boshqargan, biroq keyin hokimiyatni demokratik yo‘l bilan saylangan hukumatga topshirgan.

Mavzuga oid
Top