21:48 / 07.04.2018
6880

«Bavariya» qatorasiga 6-marta Germaniya chempioni bo‘ldi

Germaniya chempionatida 29-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakuniga yetdi.

«Bavariya» safarda «Augsburg» bilan bellashib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada, jamoa musobaqa yakunlanishiga 5 tur qolganida, 72 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin chempion bo‘ldi. Myunxenliklar o‘z tarixida 29-marta Germaniya chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritishdi.

Bundesliga, 29-tur
7 aprel

Augsburg – Bavariya 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 1:0 – 18, avtogol Zyule, 1:1 – 32 Tolisso, 1:2 – 38 Xames, 1:3 – 62 Robben, 1:4 – 87 Vagner. 

Borussiya M – Gerta 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 40 Kalu, 1:1 – 75 Azar, 2:1 – 79, penalti Azar. 

Frayburg – Volfsburg 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 2 Didavi, 0:2 – 83 Didavi. 

Kyoln – Maynts 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 7 Xektor, 1:1 – 50 De Blasis.

Top