00:49 / 07.04.2018
7256

G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlarda jabrlangan falastinliklar soni mingdan oshib ketdi 

Foto: Isroil armiyasi matbuot xizmati

G‘azo sektori bilan chegarada Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlarda jabrlangan falastinliklar soni 1070 nafarga yetdi, 6 falastinlik halok bo‘ldi.

Avvalroq 5 kishi halok bo‘lgani, 900 dan ko‘proq falastinlik jabr ko‘rgani ma'lum qilingan.

Jabrlanuvchilardan 293 nafari o‘qotar jarohat olgan, ulardan 25 nafarining jarohati og‘ir deya baholangan.

Isroil tomonidan yo‘qotishlar haqida hech qanday ma'lumot yo‘q.

G‘azoda “Qaytishning buyuk marshi” deb nomlangan, Isroilga qarshi namoyishlar seriyasining ko‘p ming kishilik aksiyasi o‘tmoqda. Aktsiya falastinliklar tomonidan bir hafta avval boshlangan va may o‘rtalarigacha davom etishiga va'da berilgan.

Ushbu namoyishlar turli yillarda zamonaviy Isroil hududidagi uylaridan quvilgan falastinliklar taqdiriga e'tibor qaratishga chorlangan.

Top