20:14 / 09.04.2018
6020

Apple asoschilaridan biri Facebook’ni tark etdi

Foto: reuters

Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak Facebook ijtimoiy tarmog‘ini tark etishini e'lon qildi. Bu haqda Business Insider nashri xabar bermoqda.   

Voznyakning aytishicha, Facebook o‘z foydalanuvchilarining daxlsizlikka huquqlarini hurmat qilmaydi.

“Odamlar Facebook’ga o‘z hayotlarining har bir detalini ishonadilar, Facebook esa bu orqali pul ishlamoqda. Bu daromad foydalanuvchi ma'lumotiga to‘liq bog‘liq bo‘ladi, biroq foydalanuvchining o‘zi bunga javoban hech narsa olmaydi”, deb aytgan Voznyak.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Apple Mark Tsukerbergning ijtimoiy tarmog‘idan farqli, foydalanuvchilar ortidan emas, balki o‘z mahsulotlaridan pul topadi. 

Facebook 50 mln foydalanuvchisi haqidagi shaxsiy ma'lumotlarning chetga chiqib ketishida ayblanmoqda.

Mavzuga oid
Top