00:42 / 15.04.2018
8638

“Chorvoq oromgohi”da yong‘in-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Foto: Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi aholi gavjum joylar, xususiy sektor va jamoatchilik muassasalarida yong‘inlar profilaktikasiga qaratilgan tadbirlar o‘tkazmoqda. Turli uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va yong‘in-taktik o‘quv mashg‘ulotlari shular jumlasidandir. 

Tadbirlarda ichki ishlar organlari, davlat yong‘in xavfsizlik xizmati, favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tez tibbiy yordam va kommunal korxona-tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda. 

Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Chorvoq oromgohi”  hududida o‘tkazilgan tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari davomida yong‘inlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda, harakatlanish tartib-qoidalari, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘ligi uchun zarur bo‘lgan boshqa tavsiyalar berildi. Hozirgi kunda sodir bo‘layotgan yong‘inlar, ularning oqibatida kelib chiqayotgan moddiy zararlar va insonlarning kuyish tan jarohati olishi haqida gapirib o‘tildi. Targ‘ibot tadbirida ishtirokchilar o‘zlari uchun kerakli bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Shuningdek, yong‘inlar profilaktikasi jarayonida “Chorvoq oromgohi” hududida viloyat yong‘in xavfsizligi kuch va vositalarini jalb qilgan holda, yong‘inni o‘chirish bo‘yicha amaliy o‘quv taktik mashqi o‘tkazildi.

Ushbu taktik o‘quv mashqida viloyat yong‘indan muhofaza qiluvchi yong‘in xavfsizligi qismlaridan 3 ta jangovar bo‘linma, 1 ta avtonarvon va targ‘ibot avtobuslari ishtirok etdilar.

Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

– Yong‘in xavfsizligi talablari buzilishi yong‘inlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin, – deydi Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi yong‘in o‘chirish kuch vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i podpolkovnik Akmal Bekpo‘latov. – Shuningdek, olovdan ehtiyotsiz foydalanish yong‘in chiqishiga sabab bo‘lib, bu insonlar hayoti va salomatligiga xavf solishi mumkin. Yoz mavsumida aksariyat fuqarolar dam olish maqsadida, tog‘ va tog‘oldi hududlarga kelishadi. Bu vaqtlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida, yuqoridagi tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari hamda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqdamiz.

Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Ushbu taktik o‘quv mashqida yong‘in xavfsizligi qismlarining bo‘linmalari tomonidan korxona hududida sodir bo‘lgan shartli yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borildi. Shartli yong‘in hududida gazdan zaharlangan fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilinib, tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bo‘linma xodimlari belgilangan tartib asosida harakat qilib, shartli yong‘in o‘chirildi. Mashq oxirida bajarilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etildi.

Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Foto:  Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Tadbirlarda yoz mavsumida olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, bolalarning nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘inlar kelib chiqayotganligi haqida ma'lumotlar keltirildi.

Top