O‘zbekiston | 20:30 / 17.04.2018
42356
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov hujjatlarni o‘qishni bilmaydigan hokimlar haqida gapirdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida ijtimoiy soha vakillarini obodonlashtirish va boshqa majburiy ishlarga jalb etishning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Bosh vazir ayrim rahbarlar o‘zining «sodiqligini» ko‘rsatish uchun aynan tibbiyot va ta'lim muassasalari xodimlarini ishlatayotgani odatiy holga aylanganini tan olgan. 

U byudjyet tashkilotlarini majburan ishlatishni odatga aylantirgan rahbarlarni kasal deb atadi.

«Yo‘q, bular kasal. Ularga byudjyet tashkilotlarni olib chiqarish oson. Vaholanki, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishga jalb etib, ularni ham moddiy ta'minlash mumkin edi.

Shuncha pul bor edi. Birinchi chorakda salkam 150 milliard pul ajratilgandi. Bor yo‘g‘i 40 milliard so‘m ishlatilgan (Birgina 2018 yil uchun ishsiz aholini jamoat ishlariga jalb qilish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 714 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan - tahr.). Bu hududlardagi ko‘p hokimlar hujjatlarni to‘g‘ri o‘qishni bilmasligi, yoki prezident yaratib berayotgan imkoniyatlardan foydalana olmasligiga yaqqol namuna», deya Aripovning so‘zlarini keltirgan «Kun.uz» manbasi.

Mavzuga oid