02:01 / 18.04.2018
9854

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tashkil etildi​

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra, G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urug‘chiligi respublika markazi negizida, urug‘liklar, shu jumladan, paxta va boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash hamda ulardan foydalanishning yagona va zamonaviy tizimini shakllantirish uchun mas'ul bo‘lgan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tashkil etilmoqda.

Farmonda ta'kidlanishicha, urug‘lik tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda urug‘lik olish maqsadida yetishtirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini keyinchalik alohida saqlash sharti bilan qayta ishlash tartibini joriy qilish to‘g‘risidagi takliflar inobatga olinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zdonmahsulot” AK bilan birgalikda farmon e'lon qilingandan ikki oy muddatda urug‘lik tayyorlash bo‘yicha alohida tashkilotlarning, sex va omborlarning paxta hamda boshoqli don ekinlari urug‘lari uchun ixtisoslashtirilishini, shuningdek, ularni bosqichma-bosqich Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga berish bo‘yicha takliflar kiritishini ta'minlash nazarda tutilmoqda.

Mavzuga oid
Top