10:03 / 19.04.2018
5152

A seriya. «Yuventus» ochko yo‘qotib, chempionlik intrigasini qaytardi

Foto: Maurizio Lagana/Getty Images

Italiya A seriyasining 33-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlari nihoyasiga yetdi. Bu turda peshqadam «Yuventus» «Krotone» mehmoni bo‘lib, muhim ochkolarni qo‘ldan boy berdi.

«Krotone»ga qarshi uchrashuvda turinliklar hisobni ochgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda yana bir marta raqibning «qaychi» uslubidagi zarbasidan jabr chekib, ikki ochkoni boy berdi. O‘z navbatida ularni ta'qib etayotgan «Napoli» bundan unumli foydalanib, «Udineze»ga qarshi uchrashuvda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Endilikd ikki yetakchi o‘rtasidagi ochkolar farqi yana 4 ochkogacha qisqardi.

Bu turda eng qiziqarli uchrashuvlardan biri Florentsiyada bo‘lib o‘tdi. Unda «Fiorentina» «Latsio»ni qabul qilib, 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, «Roma» o‘z uyida «Jyenoa»dan ustun keldi. «Milan» esa «Torino» mehmoni bo‘lib navbatdagi durang natijasini qayd etdi.

Italiya A seriyasi
33-tur

Napoli – Udineze 4:2 (1:1)
Gollar: Insine (45), Albiol (64), Milik (70), Tonelli (75) – Yankto (41), Ingelsson (55).
Napoli: Reyna, Xyusay, Albiol, Tonelli, Mariu Ruy, Zelinski, Diavara, Gamshik (Mertens, 57), Kalexon (Rog, 82), Milik (Allan, 73), Insine.
Udineze: Bissarri, Nyuytink, Larangeyra (de Paul, 76), Samir, Dzampano, Barak, Balich, Ingelsson, Petstsella (Adnan, 69), Yankto (Vidmer, 77), Peritsa.
Ogohlantirishlar: Larangeyra (35), Mariu Ruy (90), Adnan (90).

Krotone – Yuventus 1:1 (0:1)
Gollar: Simi (65) – Aleks Sandro (16).
Krotone: Kordats, Faraoni, Chekkerini, Kapuano, Martella, Stoyan (Sampirizi, 77), Mandragora, Barberis, Roden (Ayyeti, 87), Simi, Diabi (Trotta, 63).
Yuventus: Shchensni, Lixtshtayner, Rugani, Benatiya, Aleks Sandro, Markizio (Bentankur, 64), Matyuidi, Sturaro (Kuadrado, 68), Duglas Kosta, Iguain, Dibala (Bernardeski, 88).
Ogohlantirishlar: Mandragora (36), Benatiya (73), Lixtshtayner (84).

Fiorentina – Latsio 3:4 (2:2)
Gollar: Veretu (16, 31, penalti, 54) – Luis Alberto (39, 73), Kaseres (45), Felipe Anderson (69).
Fiorentina: Sportello, Milenkovich, Petstselya, Vitor Ugo, Biragi, Veretu, Dabo, Esserik (Drongovski, 9), Jil Diash (Saponara, 79), Simeone (Falchinelli, 70), Keza.
Latsio: Strakosha, Luis Felipe, de Vrey (Felipe Anderson, 25), Kaseres, Marushich, Murdjia, Leyva, Milinkovich-Savich, Lukaku (Lulich, 72), Luis Alberto, Immobile (Kaysedo, 88).
Ogohlantirishlar: Luis Felipe (27), Veretu (45), Petstselya (74), Keza (82), Luis Alberto (84).
Chetlatishlar: Sportello (7), Murdjia (14).

Torino – Milan 1:1 (0:1)
Gollar: de Silvestri (70) – Bonaventura (9).
Torino: Sirigu, Nkulu, Burdisso, Moretti, de Silvestri, Rinkon (Obi, 57; Akkua, 85), Bazelli, Ansaldi, Lyayich, Yago Falke (Edera, 64), Belotti.
Milan: Donnarumma, Abate, Bonuchchi, Sapata, Rodriges, Kessie, Bigliya (Lokatelli, 67), Bonaventura, Suso (Andre Silva, 78), Kalinich (Kutrone, 74), Borini.
Ogohlantirishlar: de Silvestri (25), Rinkon (42), Bonaventura (45), Bazelli (71), Kutrone (79), Lokatelli (88).
Chetlatish: de Silvestri (90).

Roma – Jyenoa 2:1 (1:0)
Gollar: Under (17), Zukanovich (52, avtogol) – Lapadula (61).
Roma: Alisson, Florentsi, Fasio, Jyezus, Kolarov, Jyerson (Manolas, 70), Gonalon, Pellegrini, Under (Shik, 77), Djyeko, El-Shaaravi (Strotman, 82).
Jyenoa: Perin, El-Yamik, Rossettini, Zukanovich, Rozi, Xilemark (Yuri Medeyrush, 54), Bertolachchi, Rigoni, Milore (Rossi, 60), Pandev (Kofi, 64), Lapadula.
Ogohlantirish: Rossettini (16).
 
Verona – Sassuolo 0:1
Gol: Lemos (38).

Benevento – Atalanta 0:3
Gollar: Froyler (21), Barrou (49), Gomes (67).

SPAL – Kevo 0:0

Sampdoriya – Bolonya 1:0
Gol: Sapata (90).

Top