18:03 / 19.04.2018
12788

Turin politexnika universitetining 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul kvotasi belgilandi

Foto: Kun.uz

18 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida 2018-2019 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq:

2018-2019 o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul kvotasi belgilandi:

a) bakalavriat bosqichiga 400 kishi to‘lov-shartnoma asosida, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:

  • "Mashinasozlik texnologiyasi" — 200 kishi;
  • "Sanoat-fuqarolik qurilishi va me'morchilik" — 50 kishi;
  • "Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi" — 100 kishi;
  • "Aviakosmik injiniring" — 50 kishi.

b) magistratura bosqichiga 25 kishi to‘lov-shartnoma asosida, "Mexatronika" ixtisosligi bo‘yicha.

Mazkur qaror ijrosi nazorati O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari K.V.Akmalov, N.S.Otajonov va Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri I.U.Majidov zimmalariga yuklatildi.

Mavzuga oid
Top