22:42 / 25.04.2018
39998

Jigar saratonini chetlab o‘tish usuli kashf qilindi

Yaponiyalik tadqiqotchilar guruhi A vitamini asosidagi kimyoviy birikmalar eng keng tarqalgan jigar saratoni turi - gepatotsellyulyar kartsinom (GTsK) retsidivining oldini olishga qodir ekanini aniqladi. Olimlar tadqiqotlarining natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi.

Dunyoda GTsKdan har yili 600 mingga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumadi. Kasallikning boshlang‘ich bosqichida unga qarshi jarrohlik aralashuvi yordamida samarali kurashish mumkin, biroq aksariyat holatlarda retsidivlar ro‘y beradi va kasallikni davolab bo‘lmaydi.

Kasallikning qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun olimlar jarrohlik amaliyotidan keyin yuqori dozada asiklik retinoid qabul qilgan onkobemorlar jigarlaridan to‘qimalar zarrachalarini olishdi. Tadqiqot davomida ma'lum bo‘lishicha, birikma jigar hujayralarida o‘simtalar rivojlanishiga turtki beruvchi MYCN geni ekspressiyasini kamaytiradi. Tahlil natijalari saraton hujayralarida MYCN faolligiga to‘sqinlik qilish xavfli to‘qima o‘sishini to‘xtatadi va o‘lik hujayralar sonini oshiradi. 

Tibbiyot xodimlari Janubiy Koreya, Singapur va Tayvanda bemorlar ishtirokida asiklik retinoid klinik sinovlarini o‘tkaza boshlashdi.

Mavzuga oid
Top