12:50 / 01.05.2018
5471

Peruda sobiq prezident va uning rafiqasi qamoqdan ozod qilindi

Foto: Peru21

Peruning qamoqda ushlab turilgan sobiq prezidenti Olyanta Umala va uning rafiqasi Nadin Erediya 30 aprelda ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Peru21 portali xabar berdi. 

O‘tgan haftada Peru konstitutsiyaviy sudi Umalaning ozod qilinishi iltimosini qondirishga qaror qildi. Natijada Umala va uning rafiqasi turmada 9 oy o‘tkazganidan keyin ozodlikka chiqdi. Biroq sud qarori ularga nisbatan tergov to‘xtatilganini anglatmaydi.

2017 yil iyulda Umala va uning rafiqasi hibsga olinib, turli turmalarga jo‘natilgandi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Umala prezident bo‘lganda (2016 yil iyulda lavozimidan ketgan) Peru milliy partiyasining 2006 va 2011 yillardagi saylovoldi kampaniyalarini moliyalashtirish uchun Venesuela hukumati hamda Odebrecht qurilish kompaniyasi va OAS firmasidan mablag‘ olgan bo‘lishi mumkin. 2015 yilda Peru prokuraturasi, shuningdek, Umalaning rafiqasiga nisbatan pul yuvishga aloqadorligi gumoni bilan tergov o‘tkazishini ma'lum qilgan.  

Top