07:28 / 05.05.2018
40095

Ohu 5 gepard va bir sirtlonning hamlasidan qutulib qoldi (video)

Keniyadagi Masai-Mara qo‘riqxonasida 5 gepard va bir sirtlon ohuga (antilopa) hamla qildi. Ushbu olishuv videosi YouTube’da joylashtirilgan.

Videodan ohu unga hippa yopishgan 5 gepardning hamlasidan qutulishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Onlardan birida voqea joyiga o‘ljaning bir qismiga ega bo‘lish ilinjida sirtlon yetib kelgan. Biroq u gepardlarni cho‘chitib yuborib, ularning “rejasi” amalga oshishiga xalaqit qilgan. 

Ohu vaziyatdan foydalanib, qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top