18:54 / 05.05.2018
4378

«Stok Siti» APLni tark etdi

Foto: Getty Images

Angliya Premer-Ligasi 37-turida «Stok Siti» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qildi.

Mezbonlarga bu o‘yinda g‘alaba havo va suvdek zarur edi. Ammo, «Kristal Pelas» qarshi hujumlarda samarali harakat qilib, raqibni ikki marta jazoladi va g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Natijada, «Stok Siti» musobaqa yakunlanishiga 1 tur qolganida, APLni tark etdi va Chempionshipga ravona bo‘ldi. 

APL, 37-tur
Stok Siti – Kristal Pelas 1:2 (1:0, 0:2)

5 may, «Bet365 Stedium» 
Gollar: 1:0 – 43 Shakiri, 1:1 – 68 Makartur, 1:2 – 86 van Anxolt. 
Stok Siti – Batlend, Zuma, Shoukross, Piters, Bauer, Shakiri, Allen, Ndiayye, Jonson (Kempbell, 77), Diuf, Krauch (Subhiy, 67).
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins, van Anxolt, Uord (Kelli, 40), Sako, Zaa, Makartur, Taunsend (Shlupp, 88), Kabay (Benteke, 63), Loftus-Chik, Milivoyevich.
Ogohlantirishlar: Milivoyevich (54), Bauer (63), Tomkins (64), Djonson (64), Ndiayye (81), Piters (85), Shakiri (89).

Top