00:28 / 10.05.2018
5755

Galiulin «Tosno» bilan Rossiya Kubogini qo‘lga kiritdi

Rossiya Kubogida final o‘yini o‘tkazildi.

«Tosno» klubi 1-divizion vakili «Avangard» bilan bellashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z tarixida birinchi marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. 

Hamyurtimiz Vagiz Galiulin «Tosno»ning asosiy tarkibida maydonga tushib, o‘yinda to‘liq harakat qildi.

Qizig‘i shundaki, ayni paytda «Tosno» Premer-ligada so‘nggi o‘rinlardan birida boryapti va quyi ligaga tushib ketishi ham mumkin. Rossiya Kubogi g‘olibi sifatida jamoaning Yevropa Ligasida ishtirok etishi ham so‘roq ostida turibdi. Chunki klub yevrokuboklarda ishtirok etish uchun UYeFA litsenziyasini olmagan.

Rossiya Kubogi, Final
Tosno – Avangard Kursk - 2:1 
9 may, «Volgograd-Arena» 
Gollar: 1:0 – 10 Skvortsov, 1:1 – 16 Kireyev, 2:1 – 80 Mirzov. 
Tosno – Yurchenko, Buyvolov, Suxarev, Chernov, Margasov, Skvortsov (Rikardino, 66), Jigulev, Galiulin, Paliyenko (Nunu Rosha, 58), Mirzov, Poletanovich.
Avangard Kursk – Kobzev, Dashayev, Gotsuk, Bagayev, Gurfov, Korobov, Alshin, Netfullin, Bolov (Tlupov, 77), Kireyev, Fedchuk (Akbashev, 82).
Ogohlantirishlar: Buyvolov (56), Fedchuk (76), Mirzov (81).

Mavzuga oid
Top