Jamiyat | 17:54 / 11.05.2018
22322
1 daqiqa o‘qiladi

O‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlandi – IIV

Foto: Shutterstock

21 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi A.X. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U 2017 yilning may oyida Cho‘lquvar mahallasi hududida tanishi, o‘rta maktab o‘qituvchisi S.L. A.X.ning turmush o‘rtog‘ini universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishini va'da qilgani va uning ishonchiga kirib 32 mln so‘m pulini olganini bildirgan. 

Shuningdek, ushbu shaxs va'dasini bajara olmagach, shu kunga qadar pullarni qaytarib bermayotganligini ma'lum qilgan. S.L. ushlangan.

Mavzuga oid