4 may kuni Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida viloyat IIB xodimlari tomonidan tadbirlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Natijada M.S. uyi tomorqasining 7 kv.m maydonida ko‘knor va shuncha maydonda nasha giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirayotganligi aniqlangan.
Uning uyi omborxonasida esa 1 kg. 146 gr. marixuana va 179 gr. ko‘knor giyohvandlik moddalari topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.